O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Xakala Teri boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov bilan uchrashib, muzokaralar oʻtkazdi

2023-05-31 | Xavfsizlik sohasi

Tadbirda, tomonlar soʻnggi yillarda yurtimizda Davlat rahbari boshchiligida inson qadrini yuksaltirish, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududlarga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sud-huquq sohasida oʻtkazilayotgan islohotlar xususida batafsil maʼlumot almashdilar.

Shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida turli xavf-xatar va tahdidlar, xalqaro terrorizm va ekstremizm, odam savdosi, giyohvandlik va boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish masalalari hamda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va tajriba almashish borasida fikrlashdilar.

Xususan bu borada, Ichki ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi bilan Markaziy Osiyo chegaralarini boshqarishda koʻmaklashish (BOMKA-10), Markaziy Osiyo mintaqasi huquq-tartibot xodimlarining bilimlarini mustahkamlashda koʻmaklashish (LEIKA), Markaziy Osiyoda giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish (KADAP) hamda Migrantlarni vataniga qaytarish (YEURLO) loyihalari orqali turli sohalarda hamkorlik qilmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu loyihalarning amaliy ijrosini taʼminlashga qaratilgan oʻquv kurslarda jami 300 dan ortiq mamlakatimiz ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etgan.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligini Yevropa Ittifoqi bilan sohaga oid loyihalar orqali doimiy muloqot va tajriba almashinuvini rivojlantirish hamda muntazam ravishda mutaxassislarning malaka oshirishlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Muloqot konstruktiv ruhda, oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlib oʻtdi.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться