O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon chempionatlarida ilk bor toʻrtta medal qoʻlga kiritgan dzyudochilarimiz kutib olindi

2023-05-16 | Sport

7-14-may kunlari Qatar poytaxti dzyudo boʻyicha navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi. 

Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza, jami 4 ta medal qoʻlga kiritdi. Qayd etish joiz, terma jamoamiz shu paytgacha hech bir jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor boʻlmagan edi. Bugun tunda musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi.

Terma jamoa Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Shahrullo Sharipovich dzyudochilarimizni qayd etilgan natija bilan qutlab, kelgusida bundan ham katta yutuqlarni qoʻlga kiritishlarini tiladi.

Jahon chempionatida ishtirok etgan sportchilar qisqa muddatli dam olishdan soʻng mashgʻulotlarni davom ettirishadi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться