O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlikning yangi qirralari: O‘zbekiston va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirlari ikki davlat qutqaruv idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi hujjatni imzoladilar
2023-05-15 | Xavfsizlik sohasi
Kuni kecha Qirg‘iz Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev O‘zbekistonga keldi.
Mehmon, avvalo, hamkasbi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev bilan uchrashdi. Norasmiy muloqotdan so‘ng ikki davlat qutqaruv idoralari rahbarlari transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladilar. Mazkur hujjat 9 banddan iborat bo‘lib, undan qo‘shma mashg‘ulotlar, seminarlar, axborot almashish tizimini takomillashtirish va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar joy olgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаvqulоddа vаziyatlаr vаzirligi