O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqlim sharoitiga moslashtirilgan ko‘chat navlari – mutaxassislar muhokamasida

2023-05-15 | Iqtisodiyot

Global iqlim o‘zgarishi va ekologik vaziyat bog‘dorchilikda yangicha navlar yaratish va keng tatbiq etishni taqozo qilmoqda.

Butun respublikadan Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan qishloq va suv xo‘jaligi hududiy bo‘linmalari mutasaddilari, fermerlar va soha mutaxassislari “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminari doirasida Jomboy tumanidagi “SAG AGRO” MChJda bo‘lib qarashli “In vitro” laboratoriyasi  faoliyati va suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish  jarayoni bilan tanishdilar.

Bu yerda seminar qatnashchilari mevali daraxtlarning turli kasallik va zararkunandalardan xoli bo‘lgan hamda qurg‘oqchilikka chidamli, mahalliy turli iqlim sharoitiga mos navlarining klon payvandtaglari va payvandlangan ko‘chatlarni yetishtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, iqlim o‘zgarishiga bardoshli yong‘oq, bodom, shaftoli, gilos, o‘rik, nok va uzum navlarining ko‘chatlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Aytish o‘rinliki, “SAG AGRO” MChJga qarashli “In vitro” laboratoriyasi 2019-yilda ishga tushirilgan, loyiha qiymati 2,6 mln AQSh dollarini tashkil qilgandi. Laboratoriya chet elning eng zamonaviy asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirda 140 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

Muassasa jami 24 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida uchramaydigan 65 xil  mevali daraxtlar ko‘chatlari, onalik materiallari bu yerga olib kelinib parvarish qilinmoqda.

“In vitro” laboratoriyasi 2024-yilda to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi va shunda uning yillik quvvati 20 mln dona o‘simlik materiallari ishlab chiqarishga teng bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Laboratoriyaning faoliyati bilan tanishib chiqqach, seminar ishtirokchilari Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildilar va ko‘rgazmali seminar ishini davom ettirish maqsadida Narpay tumaniga yo‘l oldilar. U yerda butun mamlakatimizdan yig‘ilgan mutaxassislar bir qancha suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyati bilan tanishishlari rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться