O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonlik bokschilar jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunladi

2023-05-15 | Sport

Toshkentda boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza — jami 9 ta medalni qoʻlga kiritib, medallar soni va sifati boʻyicha umumjamoa hisobida birinchi oʻringa sazovar boʻldi.

Kecha boʻlib oʻtgan bellashuvlarda Oybek Joʻrayev (-54 kg) finalda qozogʻistonlik Mahmud Sabirxanga imkoniyatni boy berib qoʻydi va kumush medal egasiga aylandi.

-57 kg. vazn toifasida Abdumalik Xalokov esa finalda kubalik Siyedel Xorta ustidan gʻalaba qozondi va oltin medalga ega chiqdi.

Yana bir vakilimiz Ruslan Abdullayev (-63,5 kg.) jahon chempionatidagi debyutida oltin medalga sazovar boʻldi. U finalda moʻgʻulistonlik Chinzorig Batarsuxni yutdi.

Kuchli bokschilarimizdan biri Saidjamshid Jafarov (-71 kg) esa kutilmaganda finalda qozogʻistonlik Aslanbek Shimbergenovga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Kecha boʻlib oʻtgan final bahslarida bokchsilarimiz Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-67 kg), Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg) gʻalabaga erishgandi. Bungacha yarimfinal bahslarida raqiblariga imkoniyatni boy bergan Aʼloxon Abdullayev (-75 kg) va Lazizbek Mullojonov (-92 kg) bronza medallariga ega chiqqandi.

Jahon chempionatida Qozogʻiston terma jamoasi 4 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa gʻoliblariga oltin medallardan tashqari, chempionlik kamari hamda 200 ming, kumush medal sohiblariga 100 ming, bronza medallarni qoʻlga kiritganlar 50 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться