O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vodiy viloyatlarida baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

2023-05-12 | Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi vazirining Farg‘ona vodiysiga ishchi tashrifi doirasida baliqchilik xo‘jaliklari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. 

Unda baliqchilik sohasidagi ishlarning borishi va sohani  rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.Uchrashuvda 2023-yilda baliqchilik sohasida umumiy qiymati 1,0 trln so‘m bo‘lgan 241 ta loyihalarni ishga tushirish belgilangan bo‘lib, bugungi kungacha 240 mlrd so‘mlik 65 ta,  jumladan, Andijonda 6 ta, Farg‘onada 5 ta, Toshkent, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida 4 tadan loyihalar ishga tushirilgani aytib o‘tildi.

Misol uchun, Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uchqo‘rg‘on forel baliq” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 50 mlrd so‘mlik baliqchilik loyihasini amalga oshirish orqali 700 dona beton havzalar barpo etilib, xonadonlarni jalb etgan holda forel balig‘i yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Pop tumanida qiymati 11 mlrd so‘mlik 2 ta 35 gektar suv havzalarini intensivlashtirish hamda omuxta yem ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilib, 500 tonna baliq yetishtirish amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda  qiymati 10 mln dollar bo‘lgan 4 ta xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda sohaga intensiv texnologiyalarni joriy etish, baliqlarning yangi mahsuldor zotlarini ko‘paytirish, ularning ozuqa bazasini mustahkamlash  tadbirlari orqali 2,6 mln dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi.

Uchrashuv chog‘ida vazir Aziz Voitov baliqchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ishlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalar ekan hali foydalanilmagan mavjud resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali baliq yetishtirish hajmini oshirish maqsadida bir qancha yo‘nalishlar:

  • Kam hosildor sun’iy suv havzalariga (1 gektarda o‘rtacha 2-4 tonna) aerator moslamalarini o‘rnatish orqali
  • suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish va hosildorlikni 3-4 barobarga oshirish;
  • baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha yangi  loyihalarni amalga oshirish  hamda 303 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish;
  • aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida, jami 840 ta xonadonlarda intensiv usulda baliq yetishtirish ishlarini  tashkil etish bo‘yicha  ishlarni jadallashtirish,  sohada yechimini kutayotgan masalalarni  hal etish yo‘llari  haqida ham o‘z tavsiyalarini berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться