O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Hukumat soati”da Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri axborot berdi

2023-05-12 | Jamiyat

2023-yil 11-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. 

Unda deputatlar “Hududlarda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Musayev javob berdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, ularni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida jami 999,7 ming aholining doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish o‘rinlarida bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, 111,8 ming nafar ishsiz fuqarolar korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan 10,2 ming nafar ehtiyojmand fuqarolar ish bilan ta’minlandi. 2023 yilda 15 ming nafar imkoniyati cheklangan nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqildi. Mazkur dastur asosida o‘tgan to‘rt oy davomida 5,0 ming nafar imkoniyati cheklangan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashildi.

Bundan tashqari, aholini vaqtinchalik ishlarda daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida 7,3 ming korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda 38,8 ming aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularga ish haqi uchun 40,9 mlrd.so‘m mablag‘ moliyalashtirib berildi.

“Hukumat soati”da deputatlar ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi.

B.Musayev qayd etishicha, mehnat bozori kon’yunkturasi tahlil qilinib, talab yuqori bo‘lgan 71 turdagi kasb bo‘yicha 160 ming nafardan ortiq ishchi kasb egalariga bo‘lgan joriy va yaqin istiqboldagi ehtiyoj belgilab olindi. 2023 yil yanvar-aprel oylarida 46,4 ming nafar ishsiz aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga tayyorlash va malakasini oshirish uchun yuborildi. Shu kunga qadar ularning 10,3 ming nafari o‘qishni tamomladi.

Shu bilan birga, kasb-hunarga o‘qitilganlar tarkibida 34,4 ming nafari sanoat va xizmat ko‘rsatish, 4,6 ming nafari qurilish, 900 nafari agrotexnologiyalar, 1,9 ming nafari IT sohasi kasblari va 4 ming nafari “Usta-shogird” an’anasi asosida hunarmandchilik kasblariga o‘qishga jalb etildi.

Ta’kidlanganidek, “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish uchun xorijiy o‘qituvchilarni jalb etish maqsadida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “O‘quv-maslahat ofisi” faoliyati tashkil etildi.

Shuningdek, joriy yilda vazirlik huzuridagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida 15 ta “Ishga marhamat” monomarkazi, olis mahallalarda 250 ta kasb-hunar maskanlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Deputatlar sohada olib borilayotgan ishlarni e’tirof etib, xotin-qizlar va mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savollar berishdi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri ta’kidlaganidek, joriy yilning o‘tgan davrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 163,4 ming nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashildi, o‘zini-o‘zi band qilish faoliyat yo‘nalishlari bilan band bo‘lgan 10,9 ming nafar xotin-qizlar o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shu bilan birga, 2023 yilda mehnat bozoriga 734,9 ming nafar bitiruvchi kirib keladi. Shundan umumiy o‘rta maktabni bitirganlar 383,1 ming, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarni bitirganlar 194,3 ming, oliy ta’lim muassasari bitiruvchilari 157,5 ming nafarni tashkil etadi.

Oliy ta’lim muassasalarida hozirgi kunda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishdan tashqari bandlik holati tahlil qilinib, 2023 yil 1 yanvar holatiga Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning 110 mingga yaqini iqtisodiyotning rasmiy sektorida o‘qishdan tashqari ish bilan band bo‘lganlarni tashkil etadi. Tahsil olayotgan talabalarning 64,5 ming nafari davlat sektorida, 42,1 ming nafari xususiy sektorda o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Savol-javoblarga boy bo‘lgan “Hukumat soati”da deputatlar mavjud muammolarni bartaraf etish, soha istiqboliga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berishdi.

Muhokamalar so‘nggida kun tartibidagi masala yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Поделиться