O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Faxriylar xonadonidagi bayramona quvonch
2023-05-08 | Xavfsizlik sohasi
9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov boshchiligidagi bir guruh harbiy xizmatchilar urush va mehnat faxriylari xonadoniga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni kutib olgan Nino Sokolova hamda Violeta Koppek bayram arafasidagi bunday yoʻqlovdan quvonchlarini sira yashira olmadilar.
Ayovsiz urushning qora sahnalari, ayriliq va motamning achchiq iztiroblarini bir-bir esga olgan qahramonlar bugungi ehtiromdan, tinch va osuda hayotgan mamnun ekanini bot-bot taʼkidlab oʻtishdi.
Darvoqe, Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yoʻlida kurashgan ota-bobolarimizni yod etarkanmiz, ular bosib oʻtgan ogʻir yoʻllar koʻz oldimizda gavdalanadi. Urushning qonli maydonlarida qurbon boʻlgan ajdodlarimiz yodi barchamizga birdek faxr va iftihor tuygʻularini baxsh etadi.
Shu kuni keksaning salomatligi harbiy shifokorlar tomonidan tekshiruvdan oʻtkazildi. Tashrif davomida faxriylarga bayram munosabati bilan yoʻllangan Prezident tabrigini oʻqib eshittiridi. Soʻngra ayolga pul mukofoti, esdalik sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, mudofaa vazir o‘rinbosarlari boshchiligidagi harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, faol yoshlar ham poytaxtimizdagi urush faxriylarining xonadonlarida bo‘lib, ularga Prezident sovg‘asi va pul mukofotlarini topshirdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi