O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan kelgusidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi

2023-05-01 | Iqtisodiyot

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Enriko Pinali va bank vakillari bilan uchrashdi.

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov, davlat qarzi departamenti direktori o‘rinbosari Zarifjon Olimjonov, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish departamenti direktori o‘rinbosari Zokir Bozorov, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, xalqaro reytinglar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari Shuxrat Matkarimov, jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Lolita Ergasheva hamda mehmonlar tomonidan OTB bosh iqtisodchisi Begzod Jalilov, davlat boshqaruvi bo‘yicha iqtisodchisi Chig‘dem Akin, xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis Adham Qo‘chqorovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan hamda istiqboldagi loyihalar, budjetni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ijrosi, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, OTBning Oʻzbekiston bilan 2024-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik Strategiyasi va uning asosiy strategik hamkorlik yo'nalishlari, 2023-2024-yillarda OTB ishtirokida amalga oshiriladigan istiqboldagi loyihalar hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish, xususiy sektor faolligini yanada jonlantirish, ipoteka bozoriga ajratilayotgan sarmoyalarni yanada ko'paytirish masalalari bo’yicha fikr almashildi.
 
Shuningdek, uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish masalalari bo’yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться