O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kurash boʻyicha nufuzli musobaqalarga koʻrilayotgan tayyorgarlik muhokama qilindi

2023-04-26 | Sport

Kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati hamda Prezident sovrini uchun “Kurash: World Series Pro” turnirini saralash bosqichini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ZOOM platformasi orqali yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Adkham Ikramov olib bordi. Yigʻilishda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashining Osiyo oʻyinlari departamenti Bosh direktori Haydar Farmon va kurash boʻyicha mutaxassislar ishtirok etishdi.

Joriy yilning 25–30-aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati va uning doirasida 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun (WORLD SERIES PRO) musobaqaning saralash bosqichi oʻtkaziladi. Osiyo chempionatida Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan 15 nafar sportchi (shundan 8 nafar ayollar) ishtirok etadi. 

Osiyo chempionati doirasida 7 ta vazn toifasida 30-aprel kuni mukofot jamgʻarmasi 22,750 AQSH dollarni tashkil etadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun (WORLD SERIES PRO) musobaqaning saralash musobaqalariga Oʻzbekiston kurash federatsiyasi bilan hamkorlikda puxta tayyorgarlik koʻrish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish yakunida A. Ikramov musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarimizga omad tiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться