O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon banki bilan Oliy taʼlim sohasidagi loyihalar natijalari ko‘rib chiqildi
2023-04-20 | Ta’lim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jahon banki vakillari — ta’lim bo‘yicha bosh mutaxassis, ta’lim va global o‘zgarishlar bo‘yicha global yetakchi Diego Abash, ta’lim bo‘yicha bosh mutaxassic Xuseyn Abdul-Hamid, ta’lim bo‘yicha mutaxassis Viktoriya Babaxodjaeva va boshqalar bilan onlayn formatda uchrashib, oliy taʼlim sohasida yakunlangan loyihalar natijalari hamda kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.

Suhbat avvalida oliy taʼlim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasiga toʻxtalindi. Jahon banki koʻmagida oliy taʼlim tizimini raqamlashtirish, oliy taʼlim maskanalarini zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash, ularga taʼlim sifatini kafolatlash boʻyicha yuqori sifatli konsalting xizmatlarini koʻrsatish, Scopus xalqaro maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish borasidagi samarali ishlar mamnuniyat bilan tilga olindi.
Shuningdek, joriy yilning iyun oyida Samarqand shahrida Jahon banki boshchiligida mintaqadagi qo‘shni davlatlar ishtirokida yirik xalqaro anjuman o‘tkazish masalasi ham muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi