O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Italiya universitetlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
2023-04-12 | Ta’lim
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, shuningdek, Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasida taʼlim, ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki davlat universitetlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oliy taʼlim muassasalari hamkorligida onlayn va oflayn uchrashuvlar, konferensiya, forumlar, mahorat darslari, treninglar oʻtkazish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, texnoparklar, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish lozimligi qayd etildi.
Oʻz navbatida, Italiya universitetlari professor-oʻqituvchilari, ilmiy jamoa va talabalarining Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etish, ularni yurtimizning boy ilmiy merosi bilan tanishtirish lozimligi qayd etilib, ushbu taklifni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi