O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon viloyati tadbirkorlari bilan ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-04-11 | Jamiyat

Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy sohada muhim o‘rin egallagan isitish tizimlarini modernizasiya qilishga oid “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish to‘g‘risida” gi PQ-118-son qarori tasdiqlandi.

Mazkur qaror ijtimoiy soha obyektlarida mavjud o‘tkir muammolaridan bo'lgan — isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlash, ushbu obyektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, sohani jozibadorligini oshirish orqali xususiy investisiyalarni keng jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Qarorga asosan, ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tasdiqlangan bo‘lib, ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari uchun talab etiladigan ko‘mir va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta'minlashga ko‘maklashish, loyihaning olib borilishini muntazam monitoring qilib borish hamda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish ishlari olib boriladi.

Xususan, 2023-yil 11-aprel kuni qaror ijrosi doirasida respublika ishchi guruhi shtabi tomonidan loyihaga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida, Andijon viloyatining salohiyatli tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. Kudbiyev, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov, vazirlikning mutasaddi vakillari ishtirok etib, tadbirkorlarga loyihalarni amalga oshirish uchun talabgorlar shaffof va ochiq shartlarda tashkil qilinadigan tenderlar asosida tanlanishi, investisiya qiymatining 50 foizdan kam bo‘lmagan qismi xususiy investor tomonidan va qolgan qismi byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi, loyihalarni boshqarish va ekspluatasiya qilish davri davomida xususiy sheriklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar davlat tomonidan kafolatlangan tarzda moliyalashtirilishi, ekspluatasiya xarajatlari yillik to‘lovlar inflyasiya darajasida davlat byudjeti hisobidan 10 yil muddatda indeksasiya qilinishi, ekspluatasiya xarajatlari kalьkulyasiyasida har yili tannarxga nisbatan 10 foiz miqdorda rentabellik ko‘zda tutilishi, amortizasiya summasi va sof foyda hisobiga xususiy sherik kiritgan investisiya xarajatlari 5 yilda qoplanishi, qolgan 5 yil sof foydaga ishlash imkoniyatlari tushuntirib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida vazir tomonidan Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus Shtab tashkil etish hamda tadbirkorlarni qiynaydigan barcha muammolarga o‘z vaqtida yechim berish yuzasidan topshiriq berildi. 

Mazkur uchrashuvlarning o‘tkazilishi o‘z navbatida, xususiy sektor vakillari uchun loyihalarda ishtirok etish ishtiyoqi va soha jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться