17:33:05 (GMT+5)    14.03.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Март 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Osiyo Taraqqiyot Banki: agrar sohani rivojlantirishda ishonchli hamkor

2023-04-11 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti, Atrof-muhit, tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi bo‘limi direktori Yasmin Siddiqi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimida vazirlik tomonidan sohani modernizatsiya qilish, fermerlarga xizmat ko‘rsatishning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, butun oziq-ovqat zanjirida ishtirok etuvchilarning imkoniyatlarini oshirish va o‘zaro hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, 2023-yildan boshlab, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik, o‘simliklar himoyasi, veterinariya kabi sohalarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi yagona davlat siyosatini yurituvchi davlat tashkilotiga aylantirilgani ta’kidlab o‘tildi.

Muloqot davomida  Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektorining uzoq yillik va ishonchli hamkori sifatida qayd etilib, hozirgi kunda Osiyo taraqqiyot bankining vazirlik bilan amalga oshirayotgan 3 ta loyihasining umumiy qiymati 347 million dollarni tashkil etishi va bugungi kunga qadar, ushbu loyiha doirasida ijobiy natijalarga erishilganligi e’tirof etildi.

Muzokaralarda, shuningdek,  kelgusida vazirlik va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida umumiy qiymati 130 million dollarlik 2 ta yangi loyiha hujjatlari ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini yanada rivojlantirish va oziq-ovqat tizimining barqarorligiga erishish uchun hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться