O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqchil davlat xizmati ko‘rsatish – bugungi kunning eng asosiy talabi

2023-04-11 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatiga qabul qilishda ochiqlik va xolislikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan kadrlarning yangi ish joyida samarali faoliyat yuritishi uchun ularga zarur tavsiyalar berib borilmoqda.  

Agentlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda tanlov orqali davlat xizmatiga qabul qilingan kadrlar bilan agentlik mas’ul shaxslari muloqot tashkil qildi.  

2023 yil birinchi choragida mazkur hudud bo‘yicha 123 vakant lavozimga ochiq tanlov e’lon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun 2 ming 843 nafar nomzoddan ariza kelib tushgan. Ularning eng malakalilari esa davlat xizmatiga ishga qabul qilingan.  

Muloqot davomida ishtirokchilarga «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirildi.  

Davlat organlari va tashkilotlariga ochiq tanlov orqali ishga kirish, jumladan, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali faoliyatidagi yangiliklar yetkazildi. Xalqchil davlat xizmatini ko‘rsatish bugungi kunning eng asosiy talabi ekanligi tushuntirildi.  

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar davlat xizmatini samarali ko‘rsatishga doir savollariga javob oldi.  

Manba: O'zA

Поделиться