O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan tantanali gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi

2023-04-10 | Xavfsizlik sohasi

9-aprel kuni poytaxtimizning Amir Temur xiyobonida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan barcha huquq tartibot organlari xodimlari ishtirokida gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Unda respublikamizdagi huquq tartibot organlari xodimlari, tarixchi,yozuvchi va shoirlar shuningdek kursant hamda oʻquvchilar ham ishtirok etdilar. 

Dastavval Buyuk sarkarda va adolatparvar bobomiz hayoti va barchaga oʻrnak boʻla oladigan adolatli davlat boshqaruvi xususida tarixchilar tomonidan tadbir ishtirokchilariga yana bir bor maʼlumotlar berib oʻtildi. Shundan soʻng shoirlar va oʻquvchi yoshlar tomonidan sohibqiron tavalludiga bagʻishlab sheʼrlar mutolaa etildi. Tadbir davomida sohibqiron Amir Temurning barchaga hayot maktabi boʻla oluvchi mazmunli umr yoʻli yana bir bor yod etildi. Marosim soʻngida tantanali gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Barcha vazirlik va davlat tashkilotlari xodimlari shuningdek oʻquvchi yoshlar tomonidan Buyuk sarkarda va davlat arbobi poyiga gulchambarlar tantanali tarzda qoʻyildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться