O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Toshkent-2025” yoshlar Osiyo oʻyinlari va Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2023-04-06 | Sport
Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida yurtimizda oʻtkaziladigan “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo oʻyinlari va Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlariga koʻrilayotgan tayyorgarlik boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov ochib berdi.
Dastlab, yurtimizda oʻtkaziladigan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari sport dasturini aniqlash, oʻyinlar tashkil etiladigan, shuningdek, sport turlari boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtadigan sanalarni aniqlash, oʻyinlar logotipini aniqlash va boshqa atributkalar boʻyicha tanlov eʼlon qilish, oʻyinlar va mashgʻulotlar boʻlib oʻtadigan mavjud sport obyektlarining joriy holati va ularni taʼmirlash masalalari muhokama qilindi.
Shundan soʻng, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik masalalari ko'rib chqildi.
Osiyo oʻyinlaril uchun ishlab chiqilgan ustuvor rejalar, ishtirok etishi kutilayotgan asosiy va zaxira tarkib, koʻzlanayotgan natijalar xususida toʻxtalishdi. Shuningdek, tayyorgarlik yoʻlida tashkil etiladigan mahalliy hamda xalqaro yigʻinlar, musobaqalar haqida atroflicha fikr almashildi.
Yigʻilish yakunida Adkham Ikramov musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish, Osiyo oʻyinlarida har bir sport turi boʻyicha sportchilarimiz gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishi uchun barcha imkoniyatlari yaratib berish hamda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
Maʼlumot uchun, Xanchjou-2022 XIX Osiyo oʻyinlari joriy yilning 23-sentabr — 8-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi