O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bunyodkorlik loyihalari muhokama qilindi

2023-04-05 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri loyihasi konsepsiyasi va poytaxtdagi bunyodkorlik ishlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri loyihasiga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugungi taqdimotda uning birinchi bosqichi doirasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Bu bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, davlat idoralari uchun ma’muriy binolar, bog‘lar, ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar barpo etilishi rejalashtirilgan. Bularni loyihalashtirish va barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun direksiya tuzildi. Xorijiy megapolislardagi urbanizatsiya va qurilish tajribasi o‘rganildi.

Shunga muvofiq, Yangi Toshkentni administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5 ta negiz asosida qurish mo‘ljallanmoqda. Bularning har biri tizimdagi bo‘g‘inlar va quyi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.

Taqdimotda bunyodkorlik jarayonining “yo‘l xaritasi” bo‘yicha ham axborot berildi. Albatta, bunday ulkan loyihani amalga oshirish uchun ish, avvalo, infratuzilma yaratishdan boshlanadi. Qayd etilganidek, bunda zamonaviy urbanizatsiya yondashuvlari, “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, “uch-generatsiya” stansiyasi qurilib, ham elektr ishlab chiqariladi, ham binolar qishda isitilib, yozda sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.

Shaharda infratuzilma, turmush va ekologiya mutanosib bo‘ladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. Piyodalar va velosipedchilarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda avtomobillar uchun yer osti turargohlari, 14 ta zamonaviy tunel, Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.

Davlatimiz rahbari bo‘lajak shaharda “inson qadri” tamoyilini qaror toptirish, turli yoshdagi odamlarning ehtiyojlarini inobatga olib, barcha qulayliklarni yaratish zarurligini ta’kidladi.  Inshootlarni ekspluatatsiya va transportlar uchun qulay joylashtirish, yashil hududlar ko‘p bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Taqdimotdagi yana bir loyiha Toshkent yerusti metrosining ostida savdo va xizmat shoxobchalarini joylashtirish haqida bo‘ldi. Jumladan, mazkur transport inshootining Yashnobod tumanidagi qismida 4 kilometr bo‘sh joy bor. U yerda yashil hududlar, avtoturargoh, vorkaut maydonchalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish mumkin. Bu borada Berlin shahri tajribasi o‘rganilgan.

Ushbu hududlarni lotlarga ajratgan holda ijaraga berish, xavfsizlikni ta’minlab, aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться