O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilda “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi doirasida eksportchi korxonalar soni 200 taga yetkaziladi

2023-03-31 | Iqtisodiyot

AOKAda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yildagi ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.

I. Investitsiya masalalari bo‘yicha

2022-yilda jami 11,9 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, belgilangan prognoz 102 foizga bajarildi. Xususan:

- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 10,1 mlrd dollar (102 foiz);

- xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari 1,8 mlrd dollarni (100 foiz) tashkil qildi.

a) To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo‘yicha tarmoq korxonalari 4,4 mlrd dollar hamda hududiy loyihalar bo‘yicha 5,7 mlrd dollar mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Tarmoqlar bo‘yicha kimyo sanoati (1,9 barobar), energetika (1,8 barobar) va kon-metallurgiya (1,2 barobar) sohalarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish surʼatlari kuzatilgan bo‘lsa, hududlar bo‘yicha asosiy o‘sish Samarqand (2 barobar), Andijon (1,6 barobar) va Farg‘ona (1,3 barobar) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

b) XMI va XHMT mablag‘larining asosiy qismi OTB (517,9 mln dollar), Jahon banki (508,5 mln dollar), Islom TB (128,7 mln dollar), Xitoy (106,1 mln dollar), Yevropa TTB (99,3 mln dollar), Yaponiya (94,9 mln dollar) hissalariga to‘g‘ri keldi.

Ushbu mablag‘lar energetika (21,0 foiz), qishloq va suv xo‘jaligi (20,3 foiz), kommunal xo‘jalikka (14,7 foiz), transport infratuzilmasi (10,2 foiz), sog‘liqni saqlash (7,5 foiz), neftgaz va kimyo sanoati (7,2 foiz), taʼlim (3,5 foiz yoki 63,1 mln dollar) sohalariga yo‘naltirildi.

v) investitsiya dasturlari doirasida 6,2 mlrd dollarlik 304 ta yirik va ahamiyatli loyihalar hamda 6,6 mlrd dollarlik 12 382 ta o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 305,9 mingta (reja 273,6 mingta) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun, Qibray tumanida qiymati 270 mln dollarlik quvvati 230 va 240 MVt bo‘lgan ikkita issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi ishga tushirilib, 160 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Urgut tumanida “FEREXPO” MCHJ tomonidan qiymati 7 mln dollarlik yiliga 3 ming dona sovutkichlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirilib, 85 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Hukumat komissiyasi tomonidan joylarda olib borilgan ishlar natijasida muddati 2023-yil qilib belgilangan qiymati 38,6 mln dollarlik 125 ta loyihalar 2022-yilda ishga tushirilishi taʼminlandi va buning natijasida 1,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun, Uchko‘prik tumanidagi “BAY HUA LIN” MCHJ shaklidagi QK tomonidan 2 mln dollar investitsiyalar hisobiga yiliga 575 ming juft ayollar va bolalar poyabzali ishlab chiqarish loyihasi muddatidan oldin ishga tushirilib, 80 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu bilan birga, shahar va tumanlarda “mahallabay” ishlar tashkil etilishi hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish natijasida 655 mln dollarlik 1 776 ta qo‘shimcha (rezerv) loyihalar ishga tushirilib, 31,6 mingta ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun, Kattaqo‘rg‘on tumanida “Anvarjon Biznes Invest” MCHJ tomonidan qiymati 1,6 mln dollarlik yiliga 5 ming tonna maishiy chiqindilarni qayta ishlash loyihasi ishga tushirilib, 151 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

4. Erkin iqtisodiy zonalarda 2022-yilda qiymati 539,4 mln dollarlik 91 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi va 8 351 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Sanoat zonalari hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 602 ta korxonalar tomonidan 29,4 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan (114,2 foiz) va 673 mln dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarilgan.

Bundan tashqari, xabaringiz bor 2022-yilning 24-26-mart kunlari Toshkent shahrida birinchi “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” o‘tkazildi.

Ushbu Forumga jahonning 56 ta mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlaridan iborat 2 mingdan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdi.

Forum yakunlari bilan 7,8 mlrd doll. aniq shartnomalar

va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 mlrd doll. loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

II. Eksport ko‘rsatkichlari va tashqi iqtisodiy aloqalar yo‘nalishida

 

1. 2022-yilda tovarlar va xizmatlar eksporti (maxsus eksportsiz) 15,5 mlrd dollarni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124 foizni tashkil etdi (prognoz – 107 foiz).

Eksport hajmi asosan to‘qimachilik (3,2 mlrd dollar, 109 foiz), elektrotexnika (807 mln dollar, 1,4 barobar), qurilish materiallari (611 mln dollar, 1,4 barobar) kabi tarmoq korxonalari tomonidan hisobiga taʼminlandi.

Hududlarda Toshkent shahri (129 foiz), Toshkent (129 foiz), Qashqadaryo (133 foiz), Samarqand viloyatlarida (131 foiz) eksport hajmlarida yuqori o‘sish surʼatlariga erishildi. Shu bilan birga, 207 ta tuman va shahardan 161 tasida eksport hajmlari o‘sishi taʼminlanganligi hisobiga 1,9 mlrd dollar qo‘shimcha eksport amalga oshirildi.

Eksport geografiyasi 52 ta yangi davlatlar bozorlari hisobiga kengaytirilib, Italiya va Latviyaga ipakdan ayollar ko‘ylagi, Kamerunga mis sim mahsulotlari, Turkiya va Eronga tikuv mashinasi, Moldovaga kir yuvish mashinasi, Isroilga milliy cholg‘u asboblari, Koreyaga mosh uni hamda Angolaga avtomobil ehtiyot qismlari ilk marta yetkazib berildi.

Eksport hajmlari 51 ta asosiy hamkor davlatlarda o‘sishga erishildi. Jumladan:

- MDX va qo‘shni davlatlardan (7,2 mlrd dollar, o‘sish 129 foiz) Rossiya (3,1 mlrd dollar, 147 foiz), Qozog‘iston (1,4 mlrd dollar, 117 foiz) va Qirg‘iziston (979 mln dollar, 124 foiz);

- Yevropa davlatlaridan (938 mln dollar, 136 foiz) Polsha (132 mln dollar, 148,5 foiz), Buyuk Britaniya (104 mln dollar, 130 foiz), Latviya (103 mln dollar, 187 foiz) va Germaniyaga (89 mln dollar, 123 foiz);

- Osiyo davlatlaridan (2 mlrd dollar, 91,5 foiz) Birlashgan Arab Amirliklari (114 mln dollar, 2 barobar), Xindiston (36 mln dollar, 119 foiz) va Isroilga (15 mln dollar, 2,2 barobar) amalga oshirilgan eksport hajmlarida o‘sish taʼminlandi.

Shuningdek, AQSH (69 mln dollar, 113 foiz) va Marokashga (14 mln dollar, 2,8 barobar) amalga oshirilgan eksport hajmlarida ham o‘sish kuzatildi.

2. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish maqsadida JST Kotibiyati bilan faol muloqot olib borilmoqda, jumladan:

Joriy yil 7-iyul kuni O‘zbekistonning JST ga qo‘shilishi bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va mazkur tadbirda JST Kotibiyati, BMTTD, YUNKTAD/JST Xalqaro savdo markazi, YUSAID, Koreya xalqaro iqtisodiy siyosat instituti (KXISI), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Ishchi guruhning 6-yig‘ilishini 2023 yilning 13-14-mart kunlari o‘tkazildi.

Bugungi kunda o‘tkazilgan muzokaralar jarayonining natijalaridan biri sifatida O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimidan “GSP+” benefitsiar maqomini olganligi deb atash mumkin. Buning natijasida o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining mato, kiyim-kechak va plastmassadan tayyorlangan buyumlar kabi 6 200 dan ortiq turdagi mahsulotlarni Yevropa mamlakatlari bozorlariga eksport qilishlari mumkin bo‘ldi.

O‘zbekistonning «GSP+” dasturiga qo‘shilishi natijasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport hajmi hozirgi 87 mln dollardan 3 mlrd dollargacha oshirilishi rejalashtirilgan, shu jumladan tayyor kiyim va trikotaj mahsulotlarini eksport qilish ko‘rsatkichi 42 mln dollardan 1,2 mlrd dollargacha, meva va sabzavotlar eksporti - 20 mln dollardan 900 mln dollargacha, charm va poyabzal eksporti esa - 5 mln dollardan 200 mln dollargacha va boshqa tayyor mahsulotlar eksporti - 20 mln dollardan 700 mln dollargacha oshishi kutilmoqda.

Mazkur davlatlarga mineral o‘g‘itlar aralashmasi, tayyor tikuvchilik mahsulotlari, metall buyumlar, bo‘yolgan trikotaj mato kabi 10 turdagi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirildi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi” DUK “Laboratoriyalar Akkreditatsiyasi bo‘yicha hamkorlik” (ILAC) tashkilotiga, 28-sentyabr kuni esa “Xalqaro Akkreditatsiya Forumi” xalqaro tashkilotiga (IAF) to‘laqonli aʼzo sifatida qabul qilindi.

Mazkur imkoniyatlardan samarali foydalangan holda Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport hajmlarini keskin oshirish yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

- xalqaro tan olingan standart va sertifikatlar joriy etilgan korxonalar soni 1 400 taga yetkaziladi;

- respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi davlatlari talabi va standartiga moslashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida sertifikatsiya va muvofiqlikni baholovchi organlar faoliyati samaradorligi oshiriladi.

Buning natijasida yil yakuni bilan Yevropa Ittifoqi davlatlariga amalga oshiriladigan eksport hajmlari 800 mln dollarga yetkazilib, o‘tgan yilga nisbatan 2 baravarga o‘sishi taʼminlanadi.

Shu bilan birga, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 2022-yilda jami 39 ta xalqaro ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida 739 ta mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning ishtirok etishini taʼminlash maqsadida 41,6 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatildi, natijada xorijiy yirik importyor korxonalar bilan o‘zaro 441,8 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzolanishiga erishildi.

Bundan tashqari, 586 ta eksportchi korxonalarga tashish xarajatlarining bir qismini qoplab berish bo‘yicha 310 mlrd. so‘mlik kompensatsiya qilib berildi;

314 ta eksportchi korxonalarga sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda 44,7 mlrd so‘mlik sug‘urta mukofoti xarajatlari qoplab berildi;

294 ta eksportchi korxonalarga xalqaro standart va sertifikatni joriy qilish bo‘yicha 41,3 mlrd so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;

473 ta eksportchi korxonalarga xalqaro ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha 41,8 mlrd so‘mlik, shuningdek, o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targ‘ib qilish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish uchun 39 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;

73 ta eksportchi korxonalarga davriy nashrlarga obuna bo‘lish, taqdimotlar va reklama kompaniyalarini o‘tkazish bo‘yicha 4,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;

mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etish uchun 74 ta eksport qiluvchi korxonalarga 511,0 mln so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;

vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq 34,8 mlrd so‘mlik xarajatlar qoplab berildi

2023-yilda investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar borasida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam:

1. Investitsiyalar bo‘yicha:

a) 2023-yilda 13,2 mlrd dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan (o‘sish 112 foiz), xususan:

– to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 10,9 mlrd dollarni (o‘sish 110 foiz);

– xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari 2,2 mlrd dollarni (o‘sish 123 foiz) tashkil qiladi.

b) Joriy yilda investitsiya dasturlari doirasida 6,2 mlrd dollarlik 304 ta yirik va ahamiyatli loyihalar hamda 8,9 mlrd dollarlik 9 465 ta o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 318,1 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

v) Joriy yilda ishga tushiriladigan barcha loyihalarga tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklardan masʼullar biriktirilgan holda ushbu yo‘nalishdagi “loyihabay” ishlar tizimli davom ettirilmoqda hamda natijasi har oyda ikki marta Hukumat komissiyasi yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.

Shu bilan birga, joriy yil aprel oyi yakunida “II Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ning o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu tadbirni yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy ishlar qizqin olib borilmoqda.

2. Eksport masalasida esa

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi maxsus qaroriga muvofiq 2023-yilda jami 17,7 mlrd dollar, shundan yanvar-mart oylari uchun 2,7 mlrd dollar eksport prognozi belgilab berildi.

b) Eksport hajmlarini to‘laqonli taʼminlash maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan aniq yo‘nalishlar kesimida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan:

- iqtisodiyot tarmoqlari, tijorat banklari va mahalliy hokimlik organlarining masʼul 76 ta rahbarlariga respublikaning 1 450 ta yirik eksportchi korxonalar biriktirildi;

- ular tomonidan joriy yilda 13,7 mlrd dollarlik mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazib berilishi taʼminlanib, mazkur rahbarlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha taʼsirchan nazorat o‘rnatiladi.

Har bir eksport ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatilib, natijasi har haftada Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining tegishli o‘rinbosarlari darajasida muhokama qilib boriladi.

v) Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga moliyaviy yordam ko‘rsatish tizimi faol davom ettiriladi. Jumladan:

- 350 ta korxonaga eksportoldi moliyalashtirish uchun jami 250 mln dollar (1-chorakda 80 ta korxona, 60 mln dollar) moliyaviy resurslar ajratiladi;

- 500 ta korxonaning eksport qilishda tashish bilan bog‘liq 418 mlrd so‘mlik (110 ta, 90 mlrd so‘m) xarajatlari qoplab beriladi;

- 500 ta korxonaga xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish xarajatlari uchun 67,8 mlrd (100 ta, 18,4 mlrd so‘m) so‘mlik molyaviy yordam ko‘rsatiladi;

- 260 ta korxona faoliyatiga xalqaro standart va sertifikatni joriy qilish uchun 45 mlrd so‘m (70 ta, 12 mlrd so‘m) mablag‘lar to‘lab beriladi.

g) “Tadbirkordan – eksportyorgacha” tamoyili asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq respublika hududlaridan jami 1 426 ta mahalliy korxonalarning muammoli masalalarini hal etish orqali ularni tashqi bozorlarga chiqishi uchun yo‘l ochib beriladi;

d) respublikaning barcha tuman va shaharlarining eksport bo‘yicha masʼul rahbarlari uchun yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb qilish, yangi turdagi mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish kabi mezonlar asosida faoliyat samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy etiladi;

ye) “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi faol davom ettirilib, dastur doirasida eksportchi korxonalar soni 200 taga yetkaziladi hamda ularni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘riladi.

 

Manba: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Поделиться