O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘tgan yilda banklararo pul bozorida savdolar hajmi 270,61 trillion so‘mni tashkil etdi
2023-03-31 | Jamiyat
AOKAda "O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, 2022 yilda banklararo pul bozorida savdolar hajmi rekord daraja - 270,61 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 93 foizga yuqoridir.
"O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati birja xizmatlarining barcha turlarini ko‘rsatuvchi yuqori texnologiyali birja platformasi hisoblanadi. Masalan bu yerda birja savdolari tashkil etiladi. Pre-treyding va post-treyding xizmatlari ko‘rsatiladi.
bugungi kunda O‘zRVB faoliyati valyuta, pul, davlat qimmatli qog‘ozlari, derivativlar bozorida birja savdolarini tashkil etish bilan bog‘liq. Shuningdek, mazkur birja davlat qimmatli qog‘ozlarini hisobga olish va ularni saqlash bo‘yicha depozitar xizmatlarni ko‘rsatish hamda birja savdolari bo‘yicha hisob-kitob va kliringni amalga oshirish kabi muhim funksiyalarni ham qamrab olgan.
2022 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zRVB bozorlaridagi savdolar umumiy hajmi rekord daraja - 706,79 trillion so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichiga nisbatan o‘sish 81,60 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, DQQ bozorida O‘zRVB tomonidan kafolat jamg‘armasi hamda savdo ishtirokchilari tomonidan zaxira jamg‘armasi va undan foydalanish mexanizmlari yaratiladi.
Manba: O'zA