O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki bilan hamkorlikdagi vazifalarni navbatdagi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi

2023-03-31 | Ta’lim

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Jahon banki loyihasining xalqaro konsultantlari Bastian Baumann va Akim Emurlini qabul qildi. 

Muloqotda dastlab Jahon banki guruhi Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi ishtirokida “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi “Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash tizimini takomillashtirish” komponenti boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi.
 
Uchrashuvda loyiha doirasida oliy taʼlim muassasalarida "Yevropa oliy taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha standartlar va koʻrsatmalar asosida ichki va tashqi sifatni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.
 
Shu bilan birga, kelgusida xalqaro standartlar asosida Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida sifatni taʼminlash, oliy oʻquv yurtlari faoliyatini transformatsiya qilish hamda xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari yuzasidan hamkorlikni navbatdagi bosqichga olib chiqish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
 
Uchrashuvda shuningdek mazkur loyihaning uzviy davomi sifatida ertaga poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan Forum tashkiliy jarayonlari haqida ham fikrlashib olindi.  
 
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 31-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash tizimini takomillashtirish” mavzusida yana bir Forum oʻtkaziladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться