O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shaxmat: Rustam Qosimjonov xalqaro turniri boshlanmoqda

2023-03-27 | Sport

Bugun, 27 mart kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkentda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 70 ming AQSH dollaridan iborat XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov xalqaro turniri boshlanadi.

Mazkur turnirda ishtirok etish uchun 9 davlatning 20 nafarga yaqin kuchli shaxmatchilari Toshkentda jam bo‘lishdi. Turnir 9 turdan iborat bo‘lib, musobaqalar “Chellenjer” va “Masters” guruhlarida tashkil etiladi.  

“Masters” guruhida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov singari yosh va iste’dodli grossmeysterlarimiz qatori jahon shaxmatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ozarbayjonlik Shaxriyar Mamedyarov, niderlandiyalik Jorden van Forest, eronlik Parxam Magsudlu qatnashayotganligi, ular safida nomdor shaxmatchimiz Rustam Qosimjonov ham g‘oliblik uchun kurash olib borishi xalqaro turnirning ne chog‘li shiddatli o‘tishini anglatmoqda.  

“Chellenjer”guruhida esa yurtimizning 5 nafar iqtidorli yosh shaxmatchisi hamda Germaniya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning yana 5 nafar shaxmatchisi qatnashadi.  

Musobaqalar 30 martga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev

Manba: O'zA

Поделиться