O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga koʻrilayotgan tayyorgarlik tahlil qilindi

2023-03-25 | Sport

Videokonferensiya orqali oʻtkazilgan yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlaridan masʼullar ishtirok etishdi.

Yigʻilishni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov olib bordi. Shuningdek, yigʻilishda vazirni birinchi oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev, vazir oʻrinbosari Durdona Rahimova va Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari Dilnoza Kattaxanovalar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda aprel oyidan boshlab start oladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida yoshlar qamrovini oshirish, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, gʻolib va sovrindorlarni taqdirlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha topshiriqlar berildi.

Maʼlumot uchun, aprel, may, iyun oylarida “Yoshlar raqs festivali” tanlovi, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan gimnastrada, quvnoq startlar, yengil atletika, mini-futbol, stol tennisi, shashka, futbol, strbitbol, workout boʻyicha respublika sport musobaqalari “Yoshlar kubogi” kibersport musobaqalari hamda ilk marotaba yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirishga qaratilgan tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik, hunarmandchilik tanlovlari oʻtkaziladi! Arizalar beshtashabbus.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning oldingi mavsumida qariyb 6,2 mlndan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться