O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Paxtachilik kengashi chigit ekish ishlarini monitoring qilmoqda

2023-03-24 | Ta’lim

Bugun Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Paxtachilik kengashi va 13 ta tuman ishchi guruhi aʼzolari ishtirokida dalalarda chigit ekish holatini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi qator obyektlarni koʻzdan kechirdi.

Kengash va ishchi guruh aʼzolari dastlab tumandagi «TST agro cluster” MCHJga qarashli paxta qabul qilish punkti hududida joylashgan urugʻlik chigitlarni tuksizlantirish va dorilash sexida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Urugʻlik materiali tayyorlash, chigitlarni dorilash holati, dala maydonlariga yetkazib berish tartibi oʻrganildi. Bunda urugʻlik sexida 5 ta  paxta naviga ishlov berilayotgani tanqid qilinib, jarayonni urugʻlik chigiti qayta ishlashning standart talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Bevosita dalalarga  ekishga tayyorlab qoʻyilgan chigitlar  oʻrganilganida, ular tarkibidi sifatsiz urugʻlar mavjudligi, urugʻ materialining hajmi turlicha ekani aniqlandi va sifatsiz chigitlarni olib tashlash hamda sifatli chigitlarni ekish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Klaster paxta dalalarining joriy holati va ayni paytda chigit ekilayotgan paxta maydonlari ham oʻrganildi. Xususan, namunaviy maydon sifatida alohida tanlab olingan konturda yuqori hosildorlikni taʼminlashga oid koʻrilayotgan agrotexnik tadbirlar, paxtachilikda yangi tizimni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi muhokama etildi.

Shuningdek, tashrif davomida dalalar chetida foydalanilmayotgan maydonlarga turli qishloq xoʻjaligi ekinlari – oshqovoq, tut, uzum koʻchatlarini yetishtirish holati oʻrganildi. Bu ishlarni kengaytirish, ularni zarur agro-texnik tadbirlar doirasida ekish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться