O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tinchlik, insoniylik, mehr va muruvvat mahalladan boshlanadi

2023-03-22 | Jamiyat

Mahalla - ahillik, hamjihatlik, mehr-oqibat maskani. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigi soha rivojiga e’tiborning amaliy ifodasidir.

Sana munosabati bilan poytaxtimizda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahridagi mahallalarning faollari, raislari, sektorlar mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, nuroniylar taklif etildi.

Tantanali tadbirda ulkan monitor orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov, O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev, Toshkent shaxar hokimining maslahatchisi Rustam Kalonov Mahalla tizimi xodimlari kuni Navro‘z ayyomiga hamohang tarzda nishonlanayotganini, ushbu tizim davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida ekanini ta’kidladi.

Ushbu bayram munosabati bilan mamlakat rahbarining "Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida"gi

farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra mahallalar hayotida jonbozlik ko‘rsatayotgan bir guruh faollarga Vatanimizning orden va medallarini Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov topshirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Toshkent shahridagi mahalla tizimi xodimlarining 46 nafariga "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonini topshirdi.

Bugun mahallalarni obod qilish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish borasida katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. 2022 yilda "Obod qishloq", "Obod mahalla" va boshqa dasturlar doirasida byudjetdan ajratilgan qariyb 27 trillion mablag‘ hisobidan 4 mingta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Yuzlab maktab, bog‘cha, tibbiyot maskanlari qurildi. Elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz, issiqlik ta’minoti, yo‘l va transport tizimlari faoliyati yaxshilandi. 2023 yil - "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da ushbu maqsadlar uchun yana 5 ming 800 ta mahallaga 30 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Yurtdoshlarimizning ijtimoiy faolligi, o‘z mahallasi, el-yurt taqdiriga, kelajagiga daxldorlik hissi tobora ortib bormoqda. Bu borada "Tashabbusi byudjet" dasturining joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etadi. Dastur bo‘yicha ilgari surilayotgan takliflar asosida aholi hayotiga doir masalalar o‘z vaqtida va samarali hal etilmoqda.

- 90-yillar bilan hozirgi mahallalar hayotida katta farq bor, - dedi "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, Yakkasaroy tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi Tolib Sayfullayev.- Ilgari mahalla raisining 8 ta vazifasi bo‘lsa, keyinchalik ular 214 tani tashkil etdi. Lekin bu vazifalarni mahalla raisi sutkalab uyiga bormay ishlasa ham bajarishi mushkul edi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, mahallada xotin-qizlar faoli kabi ko‘makchilarning ishi yo‘lga qo‘yilgani bu vazifalar ijrosida ancha yengilliklar yaratmoqda. Endilikda mahalla raislari asosan ma’naviy-ma’rifiy yumushlar bilan mashg‘ul.

- Mahallamizda 6173 nafar aholi istiqomat etadi, - dedi ikkinchi darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibasi, Sergeli tumanidagi "Birdamlik" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O‘ktamxon Almatova.- Faoliyatimizda "maktab-mahalla-oila" hamkorligini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqdamiz. Negaki, bugun yosh avlodning tarbiyasi har qachongidan ham dolzarbdir.

Tantanada san’at ustalari ijrosi va yoshlar ishtirokida Vatan, Navro‘z, yurtimizdagi tinchlik, mehr va oqibatni tarannum etuvchi katta konsert dasturi namoyish etildi.

Nazokat Usmonova

Manba: O'zA

Поделиться