O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

2023-03-14 | Jamiyat

Bugun, 14-mart kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a’zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
 
Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masala ko‘rib chiqilmoqda.
 
Yalpi majlis “O'zbekiston 24”, “O'zbekiston” teleradiokanallari, “Uzreport” telekanali hamda Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borilmoqda. 

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Поделиться