O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashiladi

2023-03-14 | Ta’lim

Ayni kunlarda Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, forum doirasida ikki davlat hamkorligida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish rejalashtirilgan.  

Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari talabalari o‘rtasida ilmiy olimpiadalar o‘tkazish, akademik almashinuvlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishiladi.  

Forum doirasida mamlakatimiz oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya «Millat yetakchisi» muzeyi hamda «Millat yetakchisi» ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi.  

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mezbon tomonga forumning amaliy boshlanishi sifatida to‘ldirilgan reallik texnologiyasi asosida ishlaydigan AR-gid taqdim qilindi. «Millat yetakchisi» muzeyida mazkur do‘stona tuhfaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  

Taqdimot davomida muzeylarning virtual versiyasini ishlab chiqish taklifi ilgari surildi va Samarqanddagi Sadriddin Ayniy muzeyi misolida namoyish etildi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda 5 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasida tojik tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Samarqand davlat universitetida tojik tili va adabiyoti, Termiz davlat universitetida tojik filologiyasi va sharq tillari kafedralari mavjud.  

Manba: O'zA

Поделиться