O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TIVda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-03-14 | Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk bilan uchrashdi.
Volker Turk O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jumladan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarni ijobiy baholadi.
Oliy komissarga mamlakatimizda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘nggi maʼlumotlar taqdim etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari o‘rtasida inson huquqlari sohasida hamkorlikni yana-da faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi davomida qator vazirlik va idoralarda hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi