O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidagi yetakchi telekanallarda keng targ‘ib qilinadi

2023-03-13 | Turizm

O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi xodimlari Uzoq Sharq mintaqasidagi yetakchi «OTV Primorye» va “ASTV” telekanallari mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini keng targ‘ib qilish va ushbu hududlardan mamlakatimizga sayyohlar oqimini yana-da oshirish maqsadida teledasturlarni hamkorlikda tayyorlash va efirga uzatish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Primorsk o‘lkasida vaqtincha ishlayotgan va hudud taraqqiyotida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan vatandoshlar hayotiga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlash  yuzasidan ham fikr almashildi.

«OTV Primorye» va “ASTV” telekanallari vakillari O‘zbekiston bugungi kunda rossiyalik sayyohlar uchun eng muhim turistik manzillardan biriga aylanganini bildirishdi.  Rossiya tomoniga ko‘ra, O‘zbekistonda yaratilgan yuqori darajadagi turizm infratuzilmasi xorijiy sayyohlarni jalb qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Uchrashuv yakunida Rossiya hududlaridan O‘zbekistonga sayyohlar sonini ko‘paytirish maqsadida mamlakatimiz turizm salohiyatiga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlash va efirga uzatish bo‘yicha kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Поделиться