O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Tojikiston Dushanbe shahrida ikki mamlakat rektorlari birinchi forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

2023-03-09 | Ta’lim

O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi

Uchrashuvda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli hamkorlik aloqalarini kengaytirish, jumladan, O‘zbekiston va Tojikiston universitetlari rektorlari hamda talabalar forumlarini tashkil qilish, fakultetlararo akademik almashinuvini ko‘paytirish kabi tomonlarni qiziqtirgan bir qator masalalar muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz oliy taʼlim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Shuningdek, Tojikiston bilan aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani, jumladan o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, ilmiy konferensiyalar, kengashlar ishida o‘zaro ishtiroklar, o‘qituvchilar malakasini oshirish, taʼlimga raqamli texnologiyalarni joriy etish sezilarli darajada faollashgani qayd etildi.

Bundan tashqari, tomonlar taʼlim jarayonini samarali tashkil etishda o‘zaro tajriba almashish, taʼlimga yangi texnologiyalarni joriy etish, ikki davlat talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish, yoshlarning ilm-fan va innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda hamkorlikni yana-da jadallashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Muloqot davomida istiqboldagi rejalarga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, 13-15 mart kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston universitetlari rektorlarining forumini o‘tkazish bo‘yicha Tojikiston Taʼlim va fan vazirligi hamda Tojikiston Milliy universiteti bilan birgalikda qilinayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться