O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston bosh vaziri Asakadagi avtomobil zavodida bo‘ldi
2023-03-09 | Iqtisodiyot
Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Akыlbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya 8 mart kuni Andijon viloyatida bo‘ldi.
Ayni paytda Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Akыlbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida yurtimizdagi qator ishlab chiqarish ob’ektlari bilan tanishishi, uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Andijonda Qirg‘iziston delegatsiyasi tantanali ravishda kutib olindi.
Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi a’zolari Asaka tumanidagi “UZAUTO MOTORS” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlar avtomobil ishlab chiqarish zavodida ishlab chiqarish, avtomobillarni yig‘ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Qirg‘iziston bosh vaziri ayni paytda Chevrolet brendi ostida Spark, Nexia, Cobalt, Lacetti (Gentra), Damas, Labo, Malibu, Tracker, Equinox, Trailblazer, Traverse, Tahoe rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilayotgan mazkur korxona faoliyatiga yuqori baho berdi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (foto)
Manba: O'zA