O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi
2023-02-28 | Siyosat
Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev ochib berdi.
Sessiyada dastlabki masala Xalq deputatlari viloyat Kengashi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda 2022-yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida g‘olib deb topilgan loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha masala ko‘rildi.
Sessiyada Xalq deputatlari viloyat Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlariga o‘tkazilgan saylov yakunlari, Bosh prokuraturaning 2023-yil 15-fevraldagi “Qonun buzilish, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida”gi taqdimnomasi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 29-dekabr kuni o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda viloyat hokimi o‘rinbosarlarining chorak yakuni bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishining yakuniy natijalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sessiya kun tartibidan, viloyat mahalliy byudjetining yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari, daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijalari, viloyatda 2023-yilda aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari va viloyat mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar ham o‘rin oldi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Manba: Jizzах vilоyati hоkimligi