O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimligida Mering Engineering kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2023-02-22 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Rahmonov Rossiyaning Mering Engineering kompaniyasi bosh direktori Mixail Nagaysev boshchiligidagi mutasaddilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari v.v.b Sh.Rahimjonov va kommunal sohaga masʼul tizimlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Toshkentdagi elektr tarmoqlari tizimida energo audit o‘tkazish masalasi muhokama etildi.

Baxtiyor Rahmonov 2022-2023-yilning qishi, ayniqsa, yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq kommunal tizimlarda qator muammolarni keltirib chiqarganiga aytib, mintaqamizda qish sovuq kelishi qatori yoz juda issiq bo‘lishiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, kommunal tizimlar noqulay ob-havo sharoitida uzilishlarsiz ishlashga tayyor bo‘lishi muhimligini taʼkidlab, bu borada tizimli ishlar olib borilayotgangi, xususan, baʼzi joylarga qo‘shimcha gaz quvrlari tortish, qo‘shimcha nim stansiyalarni qurish va elektr kabellarini tortish rejalashtirilganligini aytib o‘tdi.

Mering enginneringning energo audit bo‘yicha katta tajribasini taʼkidlab, avvalo, poytaxtimizning elektr energiyasi taʼminotida ko‘p uzilishlar kuzatilgan Chilonzor, Uchtepa va Shayxontohur tumanlaridagi elektr tizimida energo audit o‘tkazishda, shu bilan birga shu yo‘nalishdagi boshqa ishlarda hamkorlik yuzasidan taklif bildirdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik va bajariladigan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться