O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi

2023-02-22 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov boshchiligida vazirlik, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, Loyihani amalga oshirish guruhlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalqaro moliya institutlari va Xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, mavjud muammolar, ularning yechimi hamda 2023 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturlariga kiritilgan 103 ta investitsiya loyihalarining hozirgi holati va loyihalarni amalga oshirish jarayonini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro moliya institutlari va Xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida 2023 yil yanvar oyi yakuni bo‘yicha 21,3 mln dollar kredit mablag‘lari o‘zlashtirilib, prognoz ko‘rsatkichlari 106 foizga bajarilganligi qayd etildi.

Vazirlik va idoralar, tijorat banklari va Loyihani amalga oshirish guruhlari masʼul rahbarlari  investitsiya loyihalarini amalga oshirish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha hisobotlari tanqidiy ruhda tinglandi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli rahbarlarga loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini taʼminlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться