O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida muqobil energiya manbalaridan foydalanish holati bilan tanishdi

2023-02-16 | Ta’lim

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish holati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Universitet rektori Qo'ng'irotboy Sharipov 2022-yilda 1-sonli oʻquv binosi tom qismiga quvvati 150 kVt/soat boʻlgan 287 dona quyosh panellari oʻrnatilgani haqida axborot berdi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili universitetda 2,4 mln kVt/soat elektr energiya isteʼmol qilingan boʻlib, joriy yilda elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojni quyosh panellari orqali toʻliq qoplash reja qilingan. Buning uchun 1 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarishga moʻljallangan quyosh panellari 1 yilda oʻrtacha 2 000 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqishi hisobga olinib, universitetga oʻrtacha 1 200 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega 2 296 dona quyosh panelini oʻrnatish talab etiladi.

Shundan kelib chiqib, 2023-yili iyul oyiga qadar qoʻshimcha yana 900 kVt quvvatga ega boʻlgan 1 722 dona quyosh panelini oʻrnatish mo‘ljallangan. Buning hisobiga bir yilda 2,4 mln kVt/soat uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 1,920 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻ tejalishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Sergeli tumanidagi universitet huzuridagi Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi, Qoraqalpogʻistonda joylashgan Toʻrtkoʻl filiali hamda boshqa hududlardagi oliy va professional ta'lim muassasalarida ham quyosh panellarini oʻrnatish rejalashtirilgani ta'kidlandi.

Oʻz navbatida, universitet talabalar turar joylari ham quyosh suv isitish qurilmalari bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgani aytildi.

Vazir oʻrnatilgan va oʻrnatilishi rejalashtirilgan quyosh panellarining ekspluatatsiyasiga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligini taʼkidladi. Elektr energiyadan samarali foydalanish uchun universitet binolarini energoauditdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma berdi. Respublikamizda avvaldan quyosh panellaridan foydalanib kelayotgan obyektlar tajribasini oʻrganib, ularda kuzatilgan kamchiliklarni oldindan bartaraf etish, anomal sovuq va jazirama issiq sharoitida quyosh panellarining foydali ish koeffitsiyent koʻrsatkichlarini inobatga olish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться