O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fargʻonada Turkiya kompaniyasi yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini qurishi rejalashtirilmoqda
2023-02-15 | Jamiyat
Fargʻona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Alarko holding Altek” kompaniyasi bosh direktori Hakan Aytekinni qabul qildi.

Uchrashuvda Fargʻona viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi qurish masalasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda Hakan Aytekin kompaniya tomonidan Turkiyada 1000 MVtli loyiha qurilishi ustida ish olib borilayotgani aytib, ushbu tajriba asosida Fargʻonada ham bu borada yirik loyihalarni amalga oshirish mumkinligini taʼkidladi.
Yuzma-yuz muloqotda viloyat hokimi turkiyalik hamkorlar tomonidan bildirilgan mazkur taklif har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi hamda Beshariq, Oʻzbekiston va Fargʻona tumanlaridan loyiha uchun mos joylar ajratib berilishini maʼlum qildi.
Shu tariqa uchrashuvda loyiha uchun joy ajratib berilgach, birgalikda olib boriladigan saʼy-harakatlar rejasini ishlab chiqish va ishga kirishishga kelishib olindi.
Manba: «Xalq So'zi»