O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
VGIKning Toshkentdagi filialida yangi formatdagi mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda
2023-02-15 | Madaniyat
Toshkentdagi VGIKda Kinematografiya agentligining ko‘magida yangi format - performans+interfaol mashg‘ulot shaklidagi intensiv keng ko‘lamli mahorat darslarining turkumlari boshlandi.

Birinchi mahorat darsi rossiyalik ssenariy muallifi, rejissyor va asli o‘zbek bo‘lgan prodyuser Rauf Kubayevning “Ibodatxona” badiiy filmining premyerasi oldidan to‘laqonli namoyishi bilan o‘tkazildi. So‘ng muallifning qat’iy rahbarligida har bir talaba ishtirokida filmning tahlili o‘tkazildi.
Ikkinchi mahorat darsi "Stand Up" shousining yulduzi va QVZ chempioni Ivan Abramov bilan o'tkazildi. Talabalar sahna qoʻrquvini yengish boʻyicha qimmatli maslahatlar oldilar, QVZ etyudlari va stend up-chiqishlar sirlarini ochib berishdi. Shuningdek, xeyterlik, zamonaviy kino, timsollar yaratish, musiqa va boshqa koʻp narsalar haqida suhbatlashdilar.
Belorus-rus bastakori va multiinstrumentalist DiDyuLyaning boshchiligidagi uchinchi mahorat darsi jonli musiqa konserti kontekstida bo'lib o'tdi. Undan so'ng maestro kinodagi musiqiy tasvirning o'ziga xos xususiyatlari va kino rivojida musiqaning o'rni haqida gapirdi, shuningdek, Andrey Konchalovskiy va Aleksey Balabanov bilan ijodiy hamkorlik haqida so‘zlab berdi.
Bunday uchrashuvlar an’anasi davom ettiriladi: 23-fevral kuni rossiyalik teatr va kino aktrisasi Alena Xmelnitskaya bilan mahorat darsi bo‘lib o‘tadi hamda Mariya Kravchenko, Roman Yunusov va Maksim Averin bilan mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: Toshkent shahar hokimligi