O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Olima ayollar va lider qizlar forumi bo‘lib o‘tdi
2023-02-14 | Jamiyat
“11-fevral – ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va "Olima" ayollar uyushmasi hamkorligida turli tashkilotlarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar va oliygoh talabalari ishtirokida "Olima ayollar va lider qizlar forumi" bo‘lib o‘tdi.

Forumni Toshkent shahar hokimi о‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig‘i N.Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda turli yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot va izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlarning “О‘zbekiston olima ayollarining tibbiyot fanini rivojlantirishda qо‘shgan hissasi”, “Zamonaviy dunyoqarashi keng mutaxassis kadrlarni tayyorlashda xuquqshunos olimalarning о‘rni”, “Harbiy oliy о‘quv muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda gender tenglik masalasini ta’minlash”, “Temuriylarning diplomatik munosabatlarida ayollarning о‘rni” hamda “Jahon maydonidagi lider ayollar" kabi mavzularda maruzalar tinglandi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Manba: Toshkent shahar hokimligi