O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistondagi birinchi amoCRM biznes konferensiyasi

2023-02-13 | Texnologiyalar

IT Park Tashkent amoCRM jamoasi bilan birgalikda O‘zbekistondagi birinchi yirik biznes konferensiyasini tashkil etdi. Ushbu konferensiyada 15 dan ortiq turli xil zamonaviy IT-yo‘nalishlar va mavzular bo‘yicha taniqli spikerlar so'zga chiqishdi va professional tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Shuningdek, ushbu konferensiyada spiker sifatida IT Park Toshkent filiali direktori Sherzod Abdurahmonov ham so‘zga chiqib, o‘z nutqida IT Park’ning faoliyati, IT-ta’lim tizimi hamda rezident-kompaniyalar uchun mavjud imtiyozlar haqida batasfsil so‘zlab berdi.

Ma’lumot uchun: amoCONF bir yilda bir martta o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, u avval Vashington (AQSH), Dubay (BAA), Astana va Almata (Qozog'iston), Moskva va Sankt-Peterburg (Rossiya) kabi yirik shaharlarga bo‘lib o‘tgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться