O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Volgograd davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

2023-02-09 | Ta’lim

Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Volgograd davlat tibbiyot universitetida (VDTU) tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Mazkur oliy taʼlim maskanida bugungi kunda 80 dan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar tibbiyot sirlarini o‘rganmoqda. Uchrashuv chog‘ida ularga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar jarayoni, jumladan, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berildi.

Muloqotda Bosh konsulxona va universitet o‘qiyotgan o‘zbek yigit-qizlari o‘rtasidagi aloqalar va hamkorlikni faollashtirish, turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar istiqbollari haqida so‘z yuritildi. Xususan, VDTU huzurida birgalikda “O‘zbekiston madaniyati” markazini tashkil etish taklifi muhokama qilindi. Mazkur tashabbus universitet rahbariyati vakillari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi va bunday markaz nafaqat oliy bilim yurti jamoasi, balki Volgograd aholisi uchun ham O‘zbekistonning boy madaniyati, urf-odatlari va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berish taʼkidlandi.

Bosh konsulxona vakillari o‘zbekistonlik talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться