O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyati va Lozd voyevodligi o‘rtasidagi aloqalarni yana-da jadallashtirish istiqbollari muhokama qilinmoqda

2023-02-09 | Siyosat

Mamlakatimizning Varshavadagi elchisi Bahrom Boboyev O‘zbekiston va Polsha hududlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida Lodz voyevodligida amaliy tashrif bilan bo‘ldi

Lodz voyevodligi Polshaning to‘qimachilik sanoati va qishloq xo‘jaligi sohalari rivojlangan yetakchi hududlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistondan Polshaga eksport qilinadigan yengil sanoat mahsulotlarining asosiy qismi ushbu viloyatga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda voyevodlikda O‘zbekiston kompaniyalarining 4 ta savdo uylari faoliyat yuritmoqda.

Lodz voyevodi (gubernatori) Tobias Bochenski bilan muzokaralar chog‘ida Farg‘ona viloyati va Lozd  voyevodligi o‘rtasidagi aloqalarni yana-da jadallashtirishga alohida eʼtibor qartildi.  Tomonlar ikki hudud o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, to‘qimachilik, agrosanoat, farmatsevtika, transport-logistika, elektroenergetika, mashinasozlik, axborot texnologiyalari, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari, joriy yil may-iyun oylarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi doirasidagi biznes-forumda Farg‘ona va Lodz viloyatlari ishbilarmon doira vakillarining muzokaralarini tashkil qilishga oid masalalar muhokama qilindi.  

“Lodz” maxsus iqtisodiy zonasi va “Farg‘ona” erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться