O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ermitajda O‘zbekistonning yosh iqtidorli fotosuratchilari asarlari namoyish etiladi

2023-02-09 | Jamiyat

Poytaxt hokimligida O‘zbekiston ijodkor yoshlarining Sankt-Peterburgda har yili o‘tkaziladigan “Madaniyatlar muloqoti” xalqaro media forumida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Tojiyev va “Jurnalistlar hamdo‘stligi” mediakongressi raisi Ashot Jazoyan 2023-yilning 19-21-may kunlari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida boʻlib oʻtadigan XVII “Madaniyatlar muloqoti” xalqaro media forumida o‘zbekistonlik yosh fotosuratkashlar, hujjatli kinoijodkorlari va rejissyorlarining ishtirokini muhokama qildilar.

“Madaniyatlar muloqoti” xalqaro forumi 2004-yildan buyon Ermitaj muzeyida o‘tkazib kelinayotgan “Jurnalistlar hamdo‘stligi” mediakongressining eng yirik loyihasidir. O‘tgan yillar davomida unda dunyoning 45 davlatidan 3000 dan ortiq jurnalistlar ishtirok etdi. 2022-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan XVI “Madaniyatlar muloqoti” forumi dunyoning 11 davlatidan ishtirokchilarni, jumladan, O‘zbekistondan yosh muxbirlar, suratkashlar, blogerlar va operatorlarni birlashtirdi.

Mazkur forum doirasida Ermitajning Bosh shtabida anʼanaviy tarzda “Men shu yerda yashayman” fotokoʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Unda turli mamlakatlar va mintaqalardan kelgan fotomuxbirlar asarlarida oʻzlari yashayotgan oʻlkalar va u yerdagi insonlar haqida hikoya qiladilar.

“Jurnalistlar hamdo‘stligi” mediakongressi raisi Ashot Jazoyan Toshkentdagi ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirar ekan, “O‘zbek milliy muhiti Ermitajdagi ko‘rgazmamizda aks etishi kerak!”, deya alohida ta’kidladi.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va Toshkent shahrida jahonning yetakchi hujjatli kinoijodkorlari, foto ustalari va blogerlari ishtirokida qo‘shma media loyihalarni o‘tkazish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться