O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar Elchisi bilan uchrashuv
2023-02-08 | Siyosat
2023-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi