O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi Innovatsion hamkorlik dasturini birgalikda amalga oshiradi

2023-02-06 | Innovatsiya

O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shaxlo Turdiqulova Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) rahbari Pak Sundjin bilan uchrashdi

Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari, vazirlik tomonidan olimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy va startap loyihalari muhokama qilindi.

Vazir o‘rinbosari KOICA vakolatxonasi va vazirlik o‘rtasida ilmiy-tadqiqot muassasalarini transformatsiya qilish, innovatsion hududlarda “aqlli” texnologiyalarni joriy etish, tibbiyot va biotexnologiya sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan ekspert-maslahatchilarni jalb qilish, shuningdek, O‘zbekiston milliy startap ekotizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha Innovatsion hamkorlik dasturi (IPS) doirasida birgalikda ishlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться