O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindistonda o‘tkazilgan SHHT davlatlari badiiy va telefilmlar festivalida o‘zbek aktrisasi «Eng yaxshi ayol obrazi» yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

2023-02-03 | Madaniyat

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raʼno Shodiyeva Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning badiiy va telefilmlari festivalida (NFDC) «Eng yaxshi ayol obrazi» nominatsiyasi g‘olibi sifatida eʼtirof etildi

Kinomatografiya agentligi maʼlumotiga ko‘ra, Raʼno Shodiyeva  agentlik, «Central Asian Trade Company» (CATC) hamda «Dilshoh media»  kinostudiyalari hamkorligida suratga olingan «Ayol qismati» badiiy filmidagi  Sojida  obrazi uchun taqdirlandi.

Ushbu film hayotda sodir bo‘lgan real voqeliklarga asoslangan. Kino asar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  topshirig‘iga ko‘ra, 2019-2020 yillarda amalga oshirilgan insonparvarlikning eng oliy namunasi -   “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan yuzlab ayollardan biri - Sojidaning ayanchli taqdirini  juda taʼsirli tarzda ekranda gavdalantirgan. 

«Bu moʻjaz ishdir, deya olmayman, katta mehnat qildik. Lekin bu mehnatning mana bunday yoqimli daqiqalari bo‘ladi, - dedi   Raʼno Shodiyeva. - Men bundan juda ham xursandman. Tanlovga qo‘yilgan barcha filmlar juda yuksak darajadagi asarlar edi, unda rol ijro etgan aktyorlar ham juda isteʼdodli, mahoratli, lekin ularning orasidan meni tanlashganidan boshim osmonga yetdi. Bu nafaqat mening, balki o‘zbek kinosining ham muvaffaqiyatidir.

Maʼlumot uchun: «Ayol qismati» badiiy filmi Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan «2-Qo‘rqut ota» kinofestivalida «gran pri» mukofotini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raʼno Shodiyeva hakamlar hayʼatining maxsus mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Shuningdek, 2022 yil 24 dekabrda bo‘lib o‘tgan «Oltin Humo» Milliy kino taqdimotida ham Raʼno Shodiyeva «Eng yaxshi ayol aktrisa» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan edi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Поделиться