O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-01-20 | Siyosat
2023-yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi.
Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Shu nuqtayi nazardan, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlashni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, xususan, ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.
Uchrashuv kun tartibidan, shuningdek, fan-ta’lim yo‘nalishidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish va parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlash masalalari ham o‘rin oldi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi