08:57:12 (GMT+5)    19.02.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Fevral 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini kengaytirish istiqbollari

2023-01-20 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-yanvar kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlatonni qabul qildi.

Uchrashuvda investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sohalarda qo‘shma loyiha va kelishuvlarni amalga oshirish, O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

O'zaro savdoda ijobiy dinamika qayd etildi. O‘tgan yil davomida tovar ayirboshlash hajmi qariyb 15 foizga oshib, 203,2 million dollarni tashkil etdi. Ko‘rsatkichlarni, jumladan, Buyuk Britaniyaga eksportni diversifikatsiya qilish va Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan umumiy imtiyozlar tizimi (GSP Enhanced Framework) benefitsiarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish orqali oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Masalan, mazkur tizim doirasida 2022-yilda O‘zbekiston mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga yetkazib berish 30 foizga oshgan.

Investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekistonda Britaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 50 foizdan ortiq o‘sib, 331 taga yetdi. Ular iqtisodiyotning turli tarmoqlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda.

Tomonlar "Standard Chartered" va "UK Export Finance" moliyaviy institutlarini tog‘-kon va metallurgiya sanoatidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, temir yo‘l transportini rivojlantirishga jalb etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda o‘tgan yil oxirida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashi (UBTIC) yig‘ilishi yakunlari yuqori baholandi. Uning doirasida turli soha va yo‘nalishlarda, jumladan, bank sektori va ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar 2023-yilning ikkinchi yarmida Londonda UBTICning yuqori darajadagi uchrashuvini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqladilar.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha amaldagi kelishuvlarning ijrosini ta'minlashga ko‘maklashish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida muntazam uchrashuvlar amaliyotini davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться