O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston TIV rahbari O‘mon Elchisini qabul qildi
2023-01-19 | Siyosat
2023-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘mon Sultonligining Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad al-Kasiriyni qabul qildi.
B.Saidov Elchining ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.
Elchi O‘zbekistonda ishlagan davrida (2019-2023-yillar) respublikaning jadal taraqqiyotiga xizmat qilgan keng ko‘lamli islohotlarning guvohi bo‘lganini taʼkidladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-O‘mon hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.
Elchi O‘zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda ko‘rsatilgan yordam va yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi