O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

2023-01-19 | Jamiyat

Senat huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nojo‘ya harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik va shilqimlik harakatlari hamda boshqa salbiy holatlari qonunan keskin bartaraf etish zarurligi tashabbusi ilgari surildi.

Shu maqsadda Senatning 2022-yil 5-maydagi “Xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklarga oid masalalar haqida”gi KQ-345–IV-sonli Qarori bilan Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, uning oldiga qator vazifalar belgilab berildi.

Ishchi guruh tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, “Unicef” xalqaro tashkiloti vakillari, “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi, Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi, “ISTIQLOL AVLODI” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi, “Nihol” tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazi, huquqshunos olimlar, hamda jamoatchilik faollari shuningdek, Nemolchi.uz sayti vakillari faol ishtirok etdi.

Senat ishchi guruhi tomonidan parlament nazorati doirasida xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari o‘rganilib, mazkur masalaga oid normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan o‘tkazildi, ko‘plab davlatlar xorijiy tajribasi tahlil qilindi.

Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Bolgariya, Avstraliya, Xitoy, Rossiya, Belarus, Ukraina, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon hamda Markaziy Osiyo davlatlarining qonunchiligi o‘rganib chiqildi.

Ishchi guruhi 2022-yilning may-dekabr oylari davomida faoliyat olib borib, buning natijasida qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ko‘zda tutuvchi kompleks qonun loyihasi ishlab chiqildi. Senatning qonunchilik tashabbusi mavjud emasligi nuqtai nazaridan ushbu qonun loyihasi tegishli tartibda Hukumatga taqdim etildi (hozirda  "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi regulation.gov.uzda joylashtirilgan).

Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillariga, shuningdek, olimlar, jamoatchilik faollariga Senat Rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildiriladi. Shu bilan birgalikda, Senat huzuridagi ishchi guruh mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi, uning amaliyotga tadbiq etilishi hamda samarali ta’minlanishi bo‘yicha o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Поделиться