O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2023-01-18 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–11-son Farmoni ijrosini samarali ta’minlash maqsadida:

1. Bosh prokuror (N.Yo‘ldoshev):

Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi (keyingi o‘rinlarda – Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi) faoliyatiga 2023 yil 1 sentyabrga qadar “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimini yaratib, dastlab sinov tarzida ishga tushirsin hamda 2024-yildan amaliyotga to‘liq joriy etsin;

Oliy sud bilan birgalikda 2023-yil 1-iyuldan Bosh prokuratura va Oliy sud axborot tizimlarini integratsiya qilish yo‘li bilan o‘zaro hujjat almashinuvini to‘liq yo‘lga qo‘ysin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining emblemasi namunasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, emblemani tayyorlash va saqlash hamda undan foydalanish tartibi Oliy sud raisi tomonidan tasdiqlanadi.

3. Odil sudlov faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etilgan resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Oliy sud Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini tegishliligi bo‘yicha ma’muriy organlarga o‘tkazish;

ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibini belgilash;

fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha taraflarni kelishtirish va mediatsiya institutini keng joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin.

Oliy sud Sudyalar oliy kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan yangi mexanizmlar joriy etilishi natijasida ish yuklamasi maqbullashtirilgan sudlarning shtat birliklarini samarali taqsimlash bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin.

4. Bosh prokuror (N.Yo‘ldoshev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani hamda sudlarda ko‘riladigan ish hajmini inobatga olib, ayrim yo‘nalishlarda prokuror nazoratini qisqartirish, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

5. Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z faoliyatini samarali amalga oshirishlari uchun Oliy sud (B.Islamov) sud binolarida alohida xizmat xonalari ajratilishini, Bosh prokuror (N.Yo‘ldoshev) mazkur xonalarning jihozlanishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.

6. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov):

doimiy ravishda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishiga ko‘maklashib borsin;

Oliy sud (B.Islamov) bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4818-son qarori ijrosini monitoring qilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.

8. Oliy sud manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.

9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Oliy sud raisi B.Islamov hamda Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

           Prezidenti                                                                   Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2023-yil 16-yanvar

Manba: O'zA

Поделиться